“Xalq cholg‘ulari ijrochisi” yo‘nalishi tinglovchilarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

“Xalq cholg‘ulari ijrochisi” yo‘nalishi tinglovchilarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi “Xalq cholg‘ulari ijrochisi” yo‘nalishi tinglovchilarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturida:“Adiqnan” D. Janabayeva qayta ishlagan, “Menuet” L. Bakkerini musiqasi, “Balberaun” Qozoq xalq kuyi, “Fantaziya” A. Kalinkin musiqasi,“Durdona” T. Azimov musiqasi, “Oblivion” A. Piatssola musiqasi, “Zolotoe tango” A. Babajanyan musiqasi, “Signal” T. Jalilov musiqasi, “Yangra doira jarangla” A. Mansurov musiqasi, “Bachakyurt” O. Geraylarning musiqalari tinglandi.

Hisobot konserti yakunida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov so‘zga chiqib, tinglovchilarning konsert dasturi yig‘ilganlarga zavq ulashganini ta’kidlagan holda konservatoriya va malaka oshirish Markazi rahbariyati nomidan ularning faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Share