“GABELI” TRIOSI “OPEN ASIA” XALQARO TANLOVI G‘OLIBI

“GABELI” TRIOSI “OPEN ASIA” XALQARO TANLOVI G‘OLIBI

2019 yilning 20-25 noyabr kunlari Toshkentda “Open Asia” Xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan “Gabeli” triosi ham qatnashib, VI yosh kategoriyasida (26 yoshdan kattalar) instrumental guruh nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

“Gabeli” triosi Bibixonim Qosimova, Rusanna Prints va guruh ustozi Galiaskar Bigashevdan iboratdir. Galiaskar Bigashevga yosh avlodning ta’lim va ijodini qo‘llab-quvvatlagani, yosh iste’dodlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani hamda xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlanishiga hissa qo‘shgani uchun FIESTALONIA MILENIO (Ispaniya) tomonidan minnatdorchilik xati ham taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, FIESTALONIA MILENIO (Ispaniya), O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tanlov orqali yurtimizning boy madaniyati bilan tanishish imkoni yaratildi.

Share