Qutlug‘ 85 yoshni nishonlamoqdalar!

Qutlug‘ 85 yoshni nishonlamoqdalar!

Konservatoriya jamoasida bir umr faoliyat yuritib kelayotgan chinakam, o‘z ishining haqiqiy fidoiylari borki, bular orasida Musiqali teatr studiyasi orkestri inspektori Amed Emirvelievich Kerimovni e’tirof etish lozim. Shu kunlarda A.Kerimov 85 yillik qutlug‘ yoshni nishonlamoqdalar. Ular ushbu jamoada qariyb 50 yildan buyon mehnat qilib, bugungi kunda yosh avlodga haqiqiy ibrat ko‘rsatmoqdalar.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kasaba uyushma qo‘mitasi, Musiqali teatr-studiyasi dirijori G‘.Abrorovva orkestr jamoasi, A.Kerimovni kasbdoshlari uni qutlab, esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar.

Umrini madaniyat va san’at rivojiga baxshida etgan hamkasbimizga uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy zafarlar tilaymiz!

Share

Tavsiya etilgan