25 noyabr Butun jahon ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

25 noyabr Butun jahon ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ma’lumki, butun dunyoda 25 noyabr Butunjahon ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan hududlarda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiyalar tashkil etish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Aksiya doirasida joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida O‘zDK Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, O‘zDK Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Hamdamova, O‘zDK Magistratura bo‘limi boshlig‘i, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  M.Abrorova va falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova bilan talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jamila Shermuhamedova hozirda 25 noyabr Butun jahon ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunidan boshlab 10 dekabr Inson huquqlari kunigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi 16 kunlik keng ko‘lamdagi tadbirlar tashkillashtirish rejalashtirilgani, unda asosiy e’tibor ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishga qaratilishi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

So‘zga chiqqanlar hozirda yurtimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, ularga nisbatan turli tazyiqlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham fikrlar bildirdilar. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar xususida batafsil javoblar oldilar.

Share