Malaka oshirish Markazi tinglovchilarining hisobot konserti

Malaka oshirish Markazi tinglovchilarining hisobot konserti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi  “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 fevraldagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 149-sonli qarorlarida musiqa sohasi pedagog xodimlarining uzluksiz malaka oshirishlarini nazarda tutuvchi tizimni, ya’ni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshida “Musiqa sohasi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi”ni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

O‘quv jarayonini malaka talablariga muvofiq yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazining maqsadi hisoblanadi.

2019 yil 23 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida ushbu Markazning navbatdagi “Xor dirijorligi” va “An’anaviy vokal artisti” yo‘nalishi tinglovchilarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert davomida Markaz tinglovchilari o‘z mahoratlarini, olgan bilim va ko‘nikmalarini sahnada ijro etib namoyon qildilar.

Markaz tinglovchilari o‘zlarining bilim va malakalarini oshirishda o‘zining qiziqarli va sermazmun, innovatsion yangiliklarga boy ma’ruzalari bilan o‘z tajribalarini ulashib kelayotgan konservatoriyaning O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor A.Mansurov, Markaz rahbari, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.Soipova, pedagogika fanlari nomzodi M.Ahmedov, falsafa fanlari nomzodi D.Himmatov, psixologiya fanlari nomzodlari A.Baxriev va G.Qurbonova, san’atshunoslik fanlari doktorlari Ch.Ergasheva va N.Amanovalar, katta o‘qituvchilar N.Umurov, D.Shomaxmudova, F.Qurbonovalar, shuningdek, “Xor dirijorligi” kafedrasining barcha o‘qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

Share