Maktabgacha ta’lim tashkiloti malaka oshirish instituti tinglovchilari Musiqa cholg‘ulari muzeyida

Maktabgacha ta’lim tashkiloti malaka oshirish instituti tinglovchilari Musiqa cholg‘ulari muzeyida

Maktabgacha ta’lim tashkiloti malaka oshirish instituti tinglovchilari 2019 22 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqa cholg‘ulari muzeyiga tashrif buyurdilar.Muzey Katta ilmiy xodimi Gulchehra Ergasheva tinglovchilarga muzey eksponatlari bo‘lmish noyob cholg‘ular, shuningdek, dunyo musiqa cholg‘ulari haqida ma’lumotlar berdi.

Tinglovchilar ma’ruzalar tingladilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Muzeydan joy olgan, o‘ziga xos tuzilishga va boy bezaklarga ega bo‘lgan cholg‘ular Maktabgacha ta’lim tashkiloti malaka oshirish instituti tinglovchilarida katta taassurot qoldirdi.

Share