“Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik”

“Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik”

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o‘tkazilgan 15-sonli majlis bayoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 15 noyabrdagi 26141-xh-son topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasidagi ishlarni tizimli tashkil etish, islohotlar samaradorligini ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash bo‘yicha metodik va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish maqsadida  O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan biriktirilgan Ishchi guruhi a’zolari hozirda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo‘lib turishibdi.

2019 yil 23 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor Avaz Mansurov Xatirchi tumanidagi 9-son Bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi.

A.Mansurov maktab jamoasi bilan uchrashdi, ijodiy jarayonlar bilan tanishdi. O‘quvchilar va pedagoglar jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, unda ta’limga oid masalalar muhokama etilib, o‘zaro fikr almashinildi.

Share