AQSHlik musiqachilarning konservatoriyaga tashrifi

AQSHlik musiqachilarning konservatoriyaga tashrifi

2019 yil 21 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida AQShdan tashrif buyurgan yakkaxonlarning konserti bo‘lib o‘tdi. Chunonchi, Michigan davlat universitetining fortepiano fakulteti kafedra mudiri, professor Debora Moriarti (fortepiano), Michigan davlat universiteti professori Djozef Lulloff (saksofon), Michigan davlat universiteti dekani, professor Maykl Krosf (fagot) konsertda o‘z ijro mahoratlarini namoyish qildilar.

Shu kunning o‘zida Michigan davlat universiteti dekani, professor Mayk Krosf, konservatoriyaning kichik zalida mahorat darsi o‘tkazdi.

22 noyabr kuni esa O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova AQShdan tashrif buyurgan, yuqorida nomlari qayd etilgan musiqa sohasi vakillari bilan uchrashdi.

Share

Tavsiya etilgan