Maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilgan umumxalq harakati davom etmoqda

Maktab  ta’limini  rivojlantirishga  qaratilgan  umumxalq  harakati davom etmoqda

Respublikamizda  maktab  ta’limiga hozirda har qachongidan ham ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 23 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Avval  xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan ham ishchi guruhi a’zolari bu ishlarda bor imkoniyatlarini ishga solib, maktablarda uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etmoqdalar. Bu safargi ana shunday uchrashuvlar Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tashkil etilmoqda.

Respublika Ishchi guruhi a’zosi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov joriy yilning 21 noyabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, maktab jamoasi va o‘quvchilari bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Suhbat davomida maktablarda mavjud muammolar, yechimini kutayotgan masalalar, o‘quvchilarning orzulari, ularning qiziqishlari haqida fikrlar almashinildi, tavsiyalar berildi.

Share