MILLIY MEROSIMIZ XAZINASI

MILLIY MEROSIMIZ XAZINASI

O‘zbek xalqining madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining qadimiyligi, takrorlanmas badiiy uslubi hamda boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda o‘z o‘rniga egaligi bilan qadrlanadi.

Hozirgi davrga kelib yurtimizda maqom san’atini keng ommaga yoyish va targ‘ib etish borasida ko‘plab ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga bo‘lgan qiziqishni, e’tiborni uyg‘otish asosiy maqsadlarimizdan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi
“O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-3391-sonli qarorida “O‘zbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablari va an’analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o‘rganish” kabi vazifalar qo‘yilgan. Mazkur vazifalar doirasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab “Musiqiy sharqshunoslik” kafedrasi negizida yangi “O‘zbek maqom tarixi va nazariyasi” kafedrasi faoliyat boshladi.Bundan ko‘rilgan asosiy maqsad yosh avlodni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglashbadiiy estetik did va tafakkurni kamol toptirishdan iborat.

Ana shunday ezgu maqsadni ilgari surgan holda, 2019 yil 20  noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “O‘zbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.Mazkur anjumanni o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad – o‘zbek maqom san’atidagi dolzarb muammolarni aniqlash, tarixiy jarayonlarni tadqiq etish, tahlil hamda xulosalar chiqarishdan iborat.

Mazkur anjumanni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiningIlmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova ochib berdi. Yalpi majlis ma’ruzalarini san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Ravshan Yunusov tabrik so‘zi bilan boshladi. San’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov “Ustoz Is’hoq Rajabov ilmiy merosiga bir nazar”, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Natalya Yanov-Yanovskaya “Vozvrashayas k uslovnomu ponyatiyu “makomniy simfonizm”, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Rustambek Abdullaev “Makomot i kompozitorskoe tvorchestvo”, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Irina Galushenko “Metodologicheskoe znachenie nauchnix trudov O.Matyakubova ob uzbekskoy klassicheskoy muzike v izuchenii filosofii iskusstva”, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Zokirjon Oripov “Amir Temur panohida ijod qilgan musiqachi” kabi ilmiy ma’ruzalar o‘rin oldi.

Ilmiy konferensiyamavzusidan kelib chiqqan holda maqolalar “O‘zbekiston maqomshunosligi masalalari” (birinchi sho‘ba), “Maqom san’ati tarix va zamonaviylik kesimida” (ikkinchi sho‘ba), “Maqom ijodkorligi va ijrochiligi” (uchinchi sho‘ba) kabi bo‘limlarga ajratildi.

Birinchi sho‘ba “O‘zbekiston maqomshunosligi masalalari” deb nomlangan bo‘lib, tarkibiga Baxtiyor Ashurov (O‘zDK ilmiy bo‘lim boshlig‘i) “Najmiddin Kavkabiy risolasida usul masalalari”, Gulnora Xudoyqulova (Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi badiiy rahbari va bosh dirijori) “Segoh” maqomining xor san’atidagi talqini”, Shahnoza Ayxodjaeva (O‘zDK dotsenti) “Oraz maqom yo‘lining o‘ziga xosligi”, Elnora Ulmasovna Mamadjanova (O‘zDK dotsent s.f.n.) “Makomat v zarubejnix issledovaniyax”, Chinora Ergasheva (O‘zDK katta o‘qituvchisi, PhD) “Ushshoqlarning yangi naziralari”, SvetlanaMatyakubova(O‘zDK dotsenti) “Nauchno-prakticheskoe osvoenie makomov  v kurse “solfedjio” i “muzikalnaya forma”, Akrom Xoshimov (O‘zDK dotsenti) “Uyg‘ur Dulon muqomlari”, Axmad Baxriev (O‘zDK dotsenti) “Maqomlar vositasida talaba-yoshlarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish”, Iqbol Toshpo‘latova  (O‘zDK dotsenti) “Farg‘ona – Toshkent maqomlarining muxim masalalari”, Kalmurza Qurbanov (O‘zDK katta o‘qituvchisi) “O makomnom prinsipe v iskusstve karakalpakskix baksi (slovo baqsi v kursive)”, Zohidjon Yakubov (TIMM katta o‘qituvchisi) “Mo‘g‘ulchai Buzruk sho‘basiga doir”, Sharofov Navro‘z (O‘zDK magistranti) “Maqom va aruz”, KamilMuxammadziyanov  (O‘zDK magistranti) “Traditsii makomnogo iskusstva vokalnom sikle Rustama Abdullaeva na stixi Xafiza Sherazi”,Samadov Ro‘zimurod (O‘zDK talabasi) “Sharq Uyg‘onish davrida musiqa san’ati va musiqashunoslik ilmi”, Qosimxonova E’zozaxon (O‘zDK talabasi) “M.Tojiev 3-simfoniyasining shakllanishida maqom an’analarining in’ikosi. (I qism birinchi mavzusi misolida)”, Orifjonova Jannatxon (O‘zDK talabasi) “Shashmaqom va Nasr” kabi maqolalar o‘rin oldi.

“Maqom san’ati tarix va zamonaviylik kesimida” deb nomlangan ikkinchi sho‘bada Rustambek Abdullaev (O‘zDK professori)“Maqom yozuvlari. Zamonaviy tahlil”, Munojat Yo‘lchieva (O‘zDK professori)“Maqom xonandaligi asoslari”, Akram Xoshimov(O‘zDK dotsenti)“Uyg‘ur do‘lon muqomlari”, Azizjon Zokirov (O‘zDK katta o‘qituvchisi)“Farg‘ona-Toshkent  maqomlari  ijro an’analarining tarixiy jarayonlari”, Laylo Djuraeva(O‘zDK doktoranti)“Alisher Navoiy merosidan o‘rin olgan maqomlar”, Nargiza Xamdamova (O‘zDK mustaqil izlanuvchisi)“Makom ta’limining ilk jarayoni”, Munojat A’zamova (O‘zDK katta o‘qituvchisi) “Zahiriddin Muhammad Bobur va maqom san’ati”, Mamlakat Ulasheva (O‘zDK katta o‘qituvchisi)“Maqomlar haqida tasnif va shashmaqomning  mushkilot qismi”, Nasiba Turgunova (O‘zDSMI dotsent v.b.)“Yallachilik san’atida maqomlar”, Dilovar Qodirova (Buxoro ISM katta o‘qituvchisi) “Mumtoz musiqa an’analarini o‘quvchi yoshlarga o‘rgatishda musiqiy risolalarning ahamiyati”, N.Ermatova, M.Abdullaeva (Farg‘ona ISM o‘qituvchilari)“Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarida Chorgoh I-IV”,D.Aripova, D.Isakova (Farg‘ona ISM o‘qituvchilari) “Munojot nima?”, Maksumova Farida ((TIMM o‘qituvchisi)“O‘zbek maqomi tarixi” fani o‘quvchilar nigohida”, Tosheva Marjona (O‘zDK talabasi)“Buxoro yahudiylarining Shashmaqom rivojidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati”,Gulnoza Husainova (O‘zDK o‘qituvchisi) “Duvozdaxmaqom” ta’rifi (Zaynulobiddin Husayniy bo‘yicha)”, Shoxbozbek Abduxoshimov (O‘zDK talabasi)“Shashmaqom nota yozuvlari tarixidan”, Yoqubova Muslima (O‘zDK talabasi) “Maqomchilik san’atida I Xalqaro musiqashunoslik simpoziumining o‘rni va ahamiyati”, Ashurova Moxizoda (O‘zDK talabasi) “Maqom masalalari I Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya kun tartibida”, Usmonova Diyora (O‘zDK talabasi) “Maqomshunoslik masalalari 2-Xalqaro musiqashunoslik simpoziumi kun tartibida” singari ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

“Maqom ijodkorligi va ijrochiligi” nomini olgan uchinchi sho‘bada Rifatilla Kosimov (O‘zDK professori) “Makom cholg‘u ijrochiligi va uning muammolari”,G‘anijon Xudoev (O‘zDSMI dotsenti)“Buxoro maqomlarining o‘ziga xos ijro uslublari”, Malika Ziyaeva (O‘zDK dotsenti)“Xorazm dutor ijrochilik maktabi: Nurmuhammad Boltaev ijro uslubi”, Nabijon Qodirov (O‘zDK dotsenti)“Maqom cholg‘u ijrochiligi”, Nodira Amanova (O‘zDK katta o‘qituvchisi, PhD) “Makomnie obrazsi v uzbekskoy estradnoy muzike”, Roza Xaydarova (O‘zDK katta o‘qituvchi) “Chang va qonun cholg‘ularining maqom ijrochiligidagi o‘rni”, Alijon Djuraev (O‘zDK o‘qituvchisi) “Maqom ijrochiligi ud cholg‘usining o‘rni”, Nargiza Begmatova (O‘zDK o‘qituvchisi)“Maqom tarbiyasi hususida. “Bolalar tarbiyasida “maqom” ohanglari”, Umida Xamidova (O‘zDK o‘qituvchisi) “O‘zbek xalq  cholg‘ularida dutorning o‘ziga xosligi” Sardor Tojiboev (TIMM o‘qituvchisi) “Toshkent viloyatida maqom ansambllarining faoliyati”,Ilyos Quvvatov(O‘zDK o‘qituvchisi) “San’atda milliy musiqa ta’limi orqali  o‘quvchi yoshlar tafakkuri va   idrokini o‘stirish haqida fikr muloxazalar”,Nazokat Karimova (O‘zDK o‘qituvchisi) Turg‘un Alimatov va o‘zbek maqom ijrochiligi”, Muzaffar Oripov (O‘zDK o‘qituvchisi) “Yosh avlodni ma’naviy kamolotga yetkazishda milliy musiqiy qadriyatlarimiz va xor sanr’atining tutgan o‘rni”,Safarov Akmal  (O‘zDK doktoranti)“Osobennosti ispolzovaniya makomov v kompozitorskom tvorchestve (na primere analiza otdelnix chastey avtorskoy simfonii)”, Nilufar Pardaeva (O‘zDK doktoranti)  “O‘zbek milliy operalarida maqomlar qo‘llanilishi va ularning talqin masalalari”, Islyamova Dilyara  (O‘zDK doktoranti) “Otrajenie makomnix ritmicheskix struktur v uzbekskoy fortepiannoy muzike”, Alimuxamedova Orzigul (SITI. doktoranti) “Pretvorenie makomnix traditsii v sikle “Muxammas i Ufar” dlya strunnogo orkestra kompozitora Mirxalila Maxmudova”, Mamajonova Dildora (O‘zDK magistri)“O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboevning o‘zbek maqom ijrochiligidagi o‘rni”, Sh. Yakubov. (O‘zDK magistri) “Pretvorenie makomnix traditsiy v Konserte dlya skripki s orkestrom R.Abdullaeva”, Ravshanbek Abdullaev (O‘zDK talabasi) “Jayhun eli kuychisi (hofiz Otajon Xudoyshukurov ijodiga bir nazar)”, Sotvoldieva Nozima (O‘zDK talabasi) “O‘zbekiston xalq artisti, ustoz sozanda va bastakor G‘anijon Toshmatov”,O‘tbosarova Mushtariy (O‘zDK talabasi) “Maqom xonandasi Ochilxon Otaxonov”, K. Nurmatova (O‘zDK talabasi) “Formoobrazuyushaya rol ufara v tokkatax molodix uzbekskix kompozitorov” nomli maqolalar o‘rin oldi.

Anjumanda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Beshta tashabbusning birinchisi doirasida, ya’ni yoshlarning madaniyat va san’atga qiziqishini kuchaytirish hamdaishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi ma’ruzachi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar ta’sis etildi. “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi” nominatsiyasiga Sharofov Navro‘z (O‘zDK magistranti)munosib topildi, “Eng yaxshi ma’ruzachi” nominatsiyalariga esa Alimuxamedova Orzigul (SITI doktoranti), Shoxbozbek Abduxoshimov (O‘zDK talabasi), Yoqubova Muslima (O‘zDK talabasi), Ravshanbek Abdullaev (O‘zDK talabasi) sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Ularga tashkilotchilar, homiylar hamda “Maqom tarixi va nazariyasi” kafedrasi nomidan milliy musiqa merosimizga oid bo‘lgan kitoblar topshirildi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan mazkur anjumanhar ikki yilda an’anaviy tarzda o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish,nafaqat respublika miqyosida balki, kelgusidauni xalqaro miqyosga olib chiqishniistiqbol rejalarsifatida belgilab olindi. Bu esa o‘z navbatida turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ma’naviy – madaniy aloqalarni o‘rnatishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

 

Share