“O‘ZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATINING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

“O‘ZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATINING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

Bugun, 20 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida “O‘zbek milliy maqom san’atining tarixiy va nazariy asoslari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tayapti.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil topganidan buyon ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
25 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning birinchisi, ya’ni yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish, o‘zbek maqom san’atidagi dolzarb muammolarni aniqlash, tarixiy jarayonlarni tadqiq hamda tahlil etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sayyora Gafurova ochib berdi.

Tabrik uchun so‘zga chiqqan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullaev o‘zbek milliy maqom san’atini rivojlantirish yo‘lida ko‘plab asarlar yaratilgani va yaratilayotgani, dunyoni lol qoldirgan va qoldirayotgan maqom san’atimiz oldida hali katta vazifalar turgani, misol uchun, televidenie va radioda yoshlar tarbiyasi uchun, xalqimizga yetkazish uchun maqom yo‘nalishida konsertlar, ko‘rsatuvlar to‘xtamasdan berilishini istab qoldi. Ushbu katta bayram bilan barchani tabriklab, anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.O‘zbek milliy  maqom san’ati bor ekan san’atimiz abadiy ekanligi ta’kidladi.

Tadbir davom etmoqda …

Share