“BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ”

“BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ”

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishi hamda bor imkoniyatlarini namoyish etishi kerak edi. Bu o‘rinda shubhasiz birinchi o‘rinda davlat ramzlari turadi. Chunki dunyodagi har bir mustaqil, suveren davlat o‘zining davlat ramzlariga ega.

1991-yil 18-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bayrog‘imizdagi ranglar poklik, musaffolik, ezgulik, navqironlik, farovonlik kabi yuksak fazilatlarni o‘zida aks ettiradi. Bayrog‘imiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

2019- yil 18- noyabr kuni poytaxtimizning Xalqlar do‘stligi maydonida shu sana munosabati bilan “Bayrog‘imiz–faxrimiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining talabalari bilan birga O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Mansurov, dekan, dekan o‘rinbosarlari va professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashdilar.

Bayrog‘imiz yurtimizning har bir fuqarosi uchun qadrli, azizdir. U doimo jahon hamjamiyati oldida balandlarda turishi uchun har birimiz bor kuch-g‘ayratimizni ishga solib harakat qilishimiz lozim.

 

Share