Saylov– 2019

Saylov– 2019

Mamlakatimiz yirik siyosiy jarayon, ya’ni Oliy majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlar arafasida turibdi.

2019-yil 22-dekabr sanasiga mo‘ljallangan ushbu saylov uchun joylarda tayyorgarlik ishlari tez sur’atlarda, izchillik bilan olib borilmoqda va davom etmoqda. Joylarda belgilab qo‘yilgan saylov uchastkalarida olib borilayotgan ishlar saylov jarayonining ochiq va shaffofligini ta’minlashga, saylov uchastkasining hamma kerakli jihozlar bilan ta’minlanishiga, har bir fuqaroning saylovlarda faol ishtirok etishiga, bir so‘z bilan aytganda, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti uchun muhim bo‘lgan mazkur saylovning har tomonlama talab darajasida o‘tkazilishiga zamin yaratilmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ham saylovo‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan uchastkalaridan biri bo‘lib, bu yerda 645-saylov uchastkasi joylashgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Mirpayazov boshchiligida saylovga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Konservatoriya binosining kirish eshigi peshtoqiga saylov uchastkasining raqami yozilgan banner ilingan. Saylov uchun ajratilgan joyda Konstitutsiya va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan saylovga oid ko‘chirmalar, saylov komissiyasining ish faoliyatiga tegishli bo‘lgan xabarlar aks etgan ma’lumot taxtasi o‘rnatilgan bo‘lib, undagi ma’lumotlar muntazam yangilanib bormoqda. Saylov komissiyasiga ham xona ajratilgan bo‘lib, fuqarolar saylov haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, joriy yilning 22-dekabr sanasiga mo‘ljallangan saylovlarning yuqori darajada o‘tkazilishi hamda fuqarolarimizning yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol qatnashishlari uchun 645-saylov uchastkasida barcha sharoitlar yaratilgan.

Share