“Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

“Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

2019 yil 15 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari bilan “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Chegara qo‘shinlari qo‘riqlash kuchlari faxriysi, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi, polkovnik R.P.Pardaevich, Mudofa ishlari bo‘linmasi zahiradagi podpolkovnigi A.Abdurahmonov, Toshkent shahar Shayhontohur tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi M.Tolipov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova, O‘zDK psixologi I.Ro‘ziev, fakultet dekanlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari hamda talabalar ishtirok etdilar. Davra suhbatini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalib, ochib berdi. Tashrif buyurgan mehmonlar Vatan muqaddasligi, uni yovuz va tajovuzkor kuchlardan himoya qilish, asrab-avaylash shu zaminda yashayotgan har bir insonning muqaddas burchi ekanligi, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kata e’tibor qaratilayotganligi va buborada keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tadbiq qilinayotganligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuv so‘ngida barcha fakultet va akademik guruhlarda doimiy ravishda xodimlar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” shiori ostida davra suhbatlari o‘tkazilib borish, “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” shiori ostida davra suhbatini “Murabbiylik” va “Axborot soatlari”da  muntazam talabalarga yetkazib borishga qaror qilindi.

Share

Tavsiya etilgan