YOSHLARNING SAYLOV TOʼGʼRISIDAGI BILIM VA KOʼNIKMALARINI BOYITISHGA QARATILGAN SEMINAR BOʼLIB OʼTDI

YOSHLARNING SAYLOV TOʼGʼRISIDAGI BILIM VA KOʼNIKMALARINI BOYITISHGA QARATILGAN SEMINAR BOʼLIB OʼTDI

Joriy yilning 15-noyabrь kuni Oʼzbekiston davlat konservatoriyasida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada mustahkamlash va 2019-yil 22-dekabrь sanasida boʼlib oʼtadigan saylovlarning, yangilanayotgan Oʼzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida, mamlakatimiz taraqqiyotida qanchalar muhim ahamiyat kasb etishini va unda yoshlar ham faol qatnashib, oʼz fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilishlari maqsadida seminar boʼlib oʼtdi.

Seminarda “Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi” boshligʼi А.Norbekov va “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi” boshligʼi F.Qurbonovalar talabalarga Oʼzbekiston Respublikasining Saylov Kodeksi, Umumiy qoidalar, shuningdek, Respublikamizda mavjud partiyalar faoliyati haqida maʼlumotlar berishdi.

 

Share