VIII XALQARO MADANIYAT FORUMI

VIII XALQARO MADANIYAT FORUMI

Joriy yilning 14 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida VIII Xalqaro madaniyat forumi ish boshladi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullaev ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida “San’at sohasida professional ta’limning rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi X Xalqaro konferensiya ham o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor S.A.Gafurova “Zamonaviy bosqichda Musiqa ta’limining integratsion jarayonlari” mavzusidagi dokladi bilan spiker sifatida muvaffaqiyatli ma’ruza qildi.

S.A.Gafurova ko‘targan muammolar professional musiqa ta’limi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turuvchi oily o‘quv yurtlari vakillarining fikrlari bilan ham ohang bo‘lib, buni san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Moskva davlat konservatoriyasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori K.V.Zenkinva Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, san’atshunoslik fanlari nomzodi T.I.Tverdovskaya bilan bo‘lgan suhbatlardan ham bilish mumkin.

Share