EZGULIKNI KO‘ZLAGAN USTOZ

EZGULIKNI KO‘ZLAGAN USTOZ

2019 yil 13 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, bastakor, mohir sozanda Faxriddin Sodiqov tavalludining 105-yilligiga bag‘ishlangan  xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

“Ezgulikni ko‘zlagan ustoz” deb nomlangan kechani O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasining mudiri, professor Rifatilla Qosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Kechada yakkaxon ijrochilar, ansambllar, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlar sovrindorlari Faxriddin Sodiqov bastalagan kuy va qo‘shiqlarni maromiga yetkazib ijro etdilar.

Tashrif buyurgan mehmonlar hamda musiqa ixlosmandlari ushbu kechada ustozni yodga olish bilan birga bastakorning unutilmas kuylarini jonli ijroda tinglashga ham muvaffaq bo‘ldilar.

Share