Mumtoz ashulalarning betakror ijrochisi

Mumtoz ashulalarning betakror ijrochisi

Joriy yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston xalq artisti Munojatxon Yo‘lchievaning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsertda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Maqom xonandaligi” kafedrasining o‘qituvchisi Mamlakat Ulasheva va konservatoriya magistranti Sayyod Jo‘raevlar ham ishtirok etishdi.

Mansur Voisov rahbarligidagi sozandalar ansambli sozandalari  Ahmadjon Dadaev, Muhammadjon Mamatqulov, Zebo Yusupova, Alijon Jo‘raev, Sarvar Alimov, Farangiz Mahmudova, Erkin Ramazonov, Olim Aripov, Aziz Meliboevlarchalgan kuylar ularning professional ijrosini namoyon etdi.

Bir necha bor dunyoning nufuzli konsert zallarini zabt etgan Munojatxon Yo‘lchieva bu gal ham yana bir bor yurtimiz va chet ellik qo‘shiqsevar muxlislarni o‘zining betakror ijodi bilan quvontirdi.

Share