Qalb nuri – musiqa

Qalb nuri – musiqa

Ohang g‘oyatda katta qudratga ega. U barcha qalblarga chuqur kiribbora oladi, qorong‘u dillarni o‘z sehri ila yoritadi. Buni tabiatan kuchli qobiliyat sohiblari  hamda chinakam san’at ixlosmandlarigina tushuna oladilar. San’atkor – yuksak madaniyat, yuqori did, har tomonlama keng dunyoqarash sohibi, professional mutaxassis bo‘lmog‘i lozim. Ushbu darajaga erishish uchun  o‘rganish va muntazam izlanish talab etiladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Musiqa san’ati fakultetining 3-kurs talabasi Sevara Mirsiddiqova ham ana shunday o‘ziga juda talabchan va izlanuvchan talabalardan biridir.

Musiqa uning beg‘ubor qalbini nur kabi yoritdi. Ko‘zlari ojiz bo‘lishiga qaramay, Sevara olti yoshidan 17-sonli ko‘zi ojizlar maktab internati qoshidagi musiqa va san’at maktabida Gulnora Po‘latova sinfida fortepiano chalishni o‘rgana boshladi. Maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq, ustozlar ko‘magida o‘z ijrosi ustida ishladi, mehnat qildi. Buning natijasidabir qadar xalqaro hamda Respublika ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 2013yil Parijda bo‘lib o‘tgan XIV Xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida “Klassik fortepiano” nominatsiyasi bo‘yicha I o‘rin, bir qancha Respublika ko‘rik-tanlovlarida II-III o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ko‘zi ojiz bolalar maktab internatini a’lo baholarga tamomlagan  Sevara Mirsiddiqova V.Uspenskiy nomidagi RIMALda “Musiqa nazariyasi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishini davom ettirdi. Ammo fortepiano ijrochiligini ham Tamara Vladimirovna Borisovadan o‘rganib bordi. Tinib-tinchimas qahramonimiz litseyda o‘qish yillarida 2015yil Kurskda, 2016yil Sank-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Ko‘rish qobiliyati cheklangan ijrochilar festival-konkurs”larida qatnashib, tanlovlar laureati bo‘lishga ham ulgurdi.

Sevara Mirsiddiqova o‘ta mas’uliyatli va har bir sohada zehn bilan izlanuvchan san’atkordir. U musiqa nazariyasi bo‘yicha O‘zbekiston davlatkonservatoriyasida professor Svetlana Qahhorovna Matyoqubova, umumiy fortepiano bo‘yicha esa Galina Yurevna Shamirzaevasinfida qunt bilan ta’lim olmoqda.

Sevara Xalqaro va Respublika miqyosida tashkil qilingan konferensiyalar faol qatnashchisidir. U 2017yil O‘zbekistonda birinchi marotaba bo‘lib o‘tgan “TED x Mustaqillik Square” konferensiyasiningeng yosh qatnashchisi bo‘ldi. Shuningdek, 2018yil Olmaota shahrida o‘tkazilgan
“Go Viral” konferensiyasida ma’ruza-konserti bilan qatnashdi.

Sevaraning qalbidagi musiqaga bo‘lgan muhabbat tinchlik bermaydi. Shunchayillik mehnati, tinmay izlanishlari samarasi o‘laroq, u bugungi kundafortepiano ijrochiligida erishgan yutuqlarini o‘z ijrosida tinglovchilar e’tiboriga havola etmoqni lozim topdi.

2019 yil 28oktabr kuniAlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Sevara Mirsiddiqovaning fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsertda Sevara tarixdagi buyuk kompozitorlarning dunyoga mashhur asarlarini o‘zining katta sahnadagiilk ijrosida namoyish etdi. O‘zbek fortepiano ijrochiligi maktabiga endigina kirib kelayotgan yosh iste’dod hammamizga tanish bo‘lgan buyuk kompozitorlarI.S.Bax ijodidan “Partita №1” asarini, V.A.Mosartning “Sonata №8” asarini, L.V.Betxovenning “Patetik sonata”sini, F.B.Mendelsonning “Fantaziya kapris” ijod namunasini va boshqa ko‘plab o‘lmas asarlarni o‘zgacha bir joziba bilanijro etganiga konsert mehmonlari guvoh bo‘ldilar. Shu kun o‘zbek fortapiano ijrochiligi maktabi sirli barmoqlarga ega bo‘lgan va kelajagi porloq yana bir pianinochini kashf etdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, iste’dodlar tinglovchi va muxlislar ko‘z o‘ngida ulg‘ayib, kamol topadi. Konsert yakunida tomoshabinlar talabiga ko‘ra Sergey Raxmaninovning “Elegiya” asari ijro etilganini vatinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lganini bunga ishora, deb qabul qilamiz.

Biz Sevaraga yangi parvozlar tilab, ustozlar izidan borishi va fortepiano ijrochiligi maktabini o‘zining jozibali hamda sehrli ijrolari bilan doimo  boyitib borib, xalqimizni manzur etishini chin qalbimizdan tilab qolamiz.

O‘tbosarova Mushtariy, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining  O‘zbek maqom san’ati fakultetining 2-kurs talabasi

Share