Akademiya tinglovchilari konservatoriyada

Akademiya tinglovchilari konservatoriyada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5139-son Farmoniga asosan Davlat boshqaruvi akademiyasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida tinglovchilarning bilim hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Joriy yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasigaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 120 nafar tinglovchilari tashrif buyurishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova akedemiya tinglovchilarini qisqacha Konservatoriya tarixi va faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.

Konservatoriyaning Organ zalida tinglovchilar uchun “Jahon musiqasi O‘zbekistonda” mavzusidagi konsert dasturi namoyish qilindi.

G‘arb va Sharq musiqa san’ati asarlaridan tuzilgankonsert dasturida ijro etilgan har bir asar Magistratura bo‘limi boshlig‘i M.Abrorova va Konservatoriya katta o‘qituvchisi A.Zokirovlar tomonidan tahlil etib borildi.

Shuningdek, Davlat boshыaruvi akademiyasi tinglovchilari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasida saqlanayotgan cholg‘u eksponatlari bilan ham tanishdilar.

Tadbirga tashrif buyurgan Akademiya tinglovchilari o‘zlari uchun katta ma’naviy ozuqa olib,  bugungi kunlari unutilmas bo‘lganligini e’tirof etgan holda Konservatoriya rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Share

Tavsiya etilgan