O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA PROFESSOR DJO GYU YUN MA’RUZA O‘TDI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA PROFESSOR DJO GYU YUN MA’RUZA O‘TDI

Kecha, 6 noyabr kuni, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kichik zalida Janubiy Koreyaning Intellektni rivojlantirish global instituti direktori, professor Djo Gyu Yun yoshlar o‘rtasida tarbiya, sog‘lom va tanqidiy fikrlash mavzusida ma’ruza o‘tdi.

Professor Djo Gyu Yun dunyoning 13ta mamlakatida oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari uchun qator xalqaro konferensiyalar, shuningdek, Janubiy Koreya yoshlari yetakchilik qobiliyatini shakllantirish bo‘yicha yoshlar forumlarini tashkilotchisi hisoblanadi.

Yoshlar ta’limi sohasidagi boy tajriba bilan o‘rtoqlashish natijasida ma’ruza tinglovchilari o‘qitishning innovatsion usullari va yoshlar kamolotiga oid keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar oldilar.

 

 

Share

Tavsiya etilgan