INNOVATSION KONFERENSIYASIGA TAYYORGARLIK

INNOVATSION KONFERENSIYASIGA TAYYORGARLIK

Joriy yilning 6 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 116-auditoriyasida “Musiqa san’ati masalalari – yoshlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy innovatsion konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda magistratura bo‘limi boshlig‘i M.Abrorova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi A.Hoshimov talabalarga volontyorlik vazifalarini tushuntirib berdilar.

Konferensiya bo‘yicha volontyorlar guruhlarga ajratilinib, ularga tegishli vazifalar bo‘lib berildi. Shuningdek, konferensiya yuzasidan maxsus taqdimot o‘tkazilib, unda konferensiya logotipi namoyish qilindi.

29 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan konferensiyaga ilmiy maqolalar qabul qilinishi boshlangan va yoshlar mazkur tadbirga katta qiziqish bilan qaramoqdalar.

Respublikamizning madaniyat va san’at dargohlarida magistratura, doktorantura bosqichida ta’lim olayotganlarning barchalarini mazkur nufuzli anjumanda qatnashishga chorlab qolamiz!

Share

Tavsiya etilgan