O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI JAMOASI KORRUPSIYAGA QARSHI

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI JAMOASI KORRUPSIYAGA QARSHI

Bizning jamoamiz – san’at targ‘ibotchilari, musiqa san’ati ijrochilari doim izlanish, ijod qilish, ustoz-san’atkorlar merosidan samarali foydalanib, keng ommaga tarqatish bilan band. Bizning oliy dargohga o‘qishga kiruvchilar yosh iste’dodlar, noyob qobiliyat egalari bo‘lib,ularning soz chalish, qo‘shiq kuylash, umuman musiqaga bo‘lgan qiziqishlari yoshlikdan boshlanadi va tengdoshlaridan ajralib turadi. Ularning sahnada o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olishlariga erishish oson ish emas. U muntazam shug‘ullanish, mehnat qilishni talab etadi. Shuning uchun barcha talaba-yoshlarimiz buni to‘g‘ri anglab, o‘z ustozlarining bergan bilimlari, o‘gitlariga amal qilishga harakat qiladilar. Bunday ijodiy jamoaga korrupsiya yot narsa. Konservatoriya professor-o‘qituvchilari jamoasi rektorimiz Baxtiyor Sayfullayev rahbarligida jamoada ijodiy muhit yaratish, ijod bilan shug‘ullanish, milliy vajahon musiqa asarlari durdonalarini o‘zlashtirish, ularni musiqa shinavandalari – tinglovchilarga yetkazishga harakat qilmoqdalar. Shu bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirlar konservatoriyada olib borilmoqda. Yildan-yilga o‘qishga qabul jarayonlari oshkora, shaffof olib borilishiga e’tibor qaratilmoqda. Bunda rahbariyat tomonidan tashkil etilgan jamoatchilik nazorati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligidan mas’ullar ham ishtirok etib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rayotganliklari  misol bo‘la oladi. Birinchi navbatda konservatoriya professor-o‘qituvchilari, dekanlar,jamoat a’zolaridan iborat doimiy faoliyat yuritadigan maxsus ishchi guruh tuzilgan.

Jamoatchilik nazoratini samarali joriy etish orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, talabalar bilimini xolisona baholash, fanlardan nazorat ishlarini qabul qilishda kafedra a’zolari to‘liq ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda har bir o‘qituvchi o‘zining talabasi bilimini boshqa talabalar bilan qiyoslashi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini izlashi, noqonuniy harakatlar sodir qilinishining oldini olish imkoni yaratiladi. Ishimizning to‘g‘riligi, natijadorligini o‘rganish maqsadida talabalar fikrini o‘rganishga bag‘ishlangan so‘rovnomalar o‘tkazilib turiladi. Jamoada o‘tkazilayotgan tadbirlar, suhbatlar, axborot soatlari tez-tez ushbu mavzuga qaratilgan bo‘lib, korrupsiya degan illatni yengish uchun talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga professor-o‘qituvchilar e’tibori qaratilmoqda. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ham bu ishda hamkorlik qilib, jamoada Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha, shuningdek, talabalarimizning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun tanlovlar, musobaqalar o‘tkazib,talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida tinmay harakat qilmoqdalar. Maqsadimiz – korrupsiyaga yo‘l  qo‘ymaslik, o‘z konsert dasturlarimiz bilan tinglovchilarni xushnud qilish, ularni birdamlikka, ijodkorlikka yo‘naltirishdir.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, Murabbiylar kengashi raisi    Baxtiyor Azimov

Share