MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARI BILAN TASHKIL ETILGAN SUHBAT

MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARI BILAN  TASHKIL ETILGAN SUHBAT

Kecha, 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari bilan uchrashdi.

B.Sayfullayev tizimdagi muammolar va tinglovchilarni  qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Markaz tinglovchilari malaka oshirish davrida Toshkent shahridagi barcha teatr tomoshalariga, shuningdek, konservatoriyada o‘tkaziladigan  konsertlarga bepul kirishlari mumkinligini aytdi.

Tinglovchilar ham o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 30-sentabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar, o‘qituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori musiqa sohasida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga yangi kuch bag‘ishlaganini, ularni o‘z ustilarida yanada ko‘proq ishlashga undaganini, tizimdagi mavjud muammolarni hal etishga asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Share