AXBOROT XATI

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashabbusi bilan joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida “Musiqa san’ati masalalari – yoshlar nigohida” mavzusida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan magistratura va doktorantura bosqichidagi yosh ilmiy izlanuvchilarning Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – musiqa san’atida mavjud muammolarni aniqlash, ularga innovatsion taklif berish, tahlil etish hamda xulosalar chiqarishdan iborat.

Konferensiya mavzusidan kelib chiqqan holda ma’ruzalar quyidagi mazmunda qabul qilinadi va sho‘balarga ajratiladi:

  1. Sharq-G‘arb: madaniyatlarining o‘ziga xosligi va o‘zaro aloqalar;
  2. Maqom san’ati: o‘tmish va zamon kesimida;
  3. Ijrochilikning dolzarb masalalari;
  4. Zamonaviy pedagogik masalalar va innovatsion texnologiyalar;
  5. Yoshlar tarbiyasida musiqa san’atining ahamiyati.

Ma’ruzani rasmiylashtirish talablari:

– Taqdim etilayotgan maqolalar 4-5 betgacha o‘zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

– Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning o‘rtasiga joylashtirilib, ma’ruzachining ismi-sharifi, yo‘nalishi, ilmiy rahbarning ismi-sharifi, darajasi, unvoni, OTM nomi o‘ng tomonga (Ctrl+R bilan) keltiriladi. Abzas 1.25 smda ma’ruza matni qog‘ozga to‘liq (Ctrl+J bilan) joylashtiriladi. Tadqiqotchi va ilmiy rahbarning telefon raqami va elektron pochtasi matn oxirida keltiriladi;

– Rasmlar bo‘lsa matndan tashqari alohida faylda beriladi, varaq hisobiga sanaladi.

Eslatma:

Eng yaxshi ma’ruzalar to‘plam shaklida chop etiladi. Yuqoridagi talablarga rioya qilinmagan, tahrir qilinmagan maqolalar nashr qilinmaydi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Nashr ishlari” bo‘limi tomonidan  nashrga tavsiya etilga maqolalarning har bir sahifasi uchun 20.000 so‘m to‘lanadi.

Maqolalar (elektron va qog‘oz shaklida) topshirilishining oxirgi muddati – 2019-yilning  11-noyabr sanasi etib belgilangan.

Murojaat uchun manzil:

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi. Teatr bloki 3-qavat,
393-xona. Tel.: (71) 244-94-50.

E-mail: UzDK.yoshlar.anjumani.2019@gmail.com

Qo‘shimcha ma’lumot uchun  QR code ni skaner qilish orqali olishingiz mumkin. 

                            

Share