MUSIQALI TEATR STUDIYASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

MUSIQALI TEATR STUDIYASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Bugun, 5 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatorisining Musiqali teatr studiyasi xodimlari bilan Madaniyat vaziri ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqotda MTS xodimlarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus yuzasidan Musiqali teatr studiyasi tomonidan turli spektakllar, musiqali tomoshalar va konsert dasturlarini maktab o‘quvchilariga, talaba-yoshlarga hamda mahalla vakillariga namoyish etish yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqali teatr studiyasiga R.Sodiqov yangi rahbar etib tayinlandi.

 

 

 

Share