YAROSLAV TUMANING MAHORAT DARSLARI

YAROSLAV TUMANING MAHORAT DARSLARI

Joriy yilning 31 oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida Chexiya Respublikasidan tashrif buyurgan mashhur organist Yaroslav Tumaning mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsida Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, O‘zbekiston  davlat  konservatoriyasining dotsenti Munira Aminova va uning bir necha talabalari ishtirok etdilar.

Mashhur va iste’dodli organist tomonidan mahorat darslari o‘tkazilishi O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan talabalarga yangi bilimlarni o‘rganish va xorijlik mutaxassisdan tajriba olishlari uchun yaxshi imkoniyatdir.

Shuningdek, 31 oktabr va 1 noyabr kunlari soat 19:00da Konservatoriyaning Organ zalida Yaroslav Tumaning konserti bo‘lib o‘tadi.

 

Share