O‘zbekiston va Ozarbayjon konservatoriyalari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Ozarbayjon konservatoriyalari o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Ozarbayjon milliy konservatoriyasining taklifiga ko‘ra, 2019 yilning 29 oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova, Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi rektori, Ozarbayjon xalq artisti, professor Siyavush Kerimi hamda o‘quv va ilmiy ishlar prorektorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida tuzilgan ijodiy hamkorlik kelishuvining bandlari muhokama qilinib, konservatoriyalar o‘rtasida ijod va ta’limga oid loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.

Share