Baku Musiqa akademiyasida ijodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Baku Musiqa akademiyasida ijodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sayyora Gafurova Ozarbayjon Respublikasida rasmiy xizmat safarida bo‘lib turibdi.

29 oktabr kuni Baku Musiqa akademiyasida rasmiy ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Baku Musiqa akademiyasining rektori, Ozarbayjon xalq artisti, professor FarxadBadalbeyli va akademiya prorektorlari ishtirokida o‘zaro ijodiy va ta’lim yo‘nalishidagi faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarishi kutilayotgan uchrashuvda Baku Musiqa akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasining bandlari muhokama qilindi.

Share