KITOBXONLARGA SOVG‘A

KITOBXONLARGA SOVG‘A

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha joylarda ishlar jadallik va hamjihatlikda olib borilmoqda. Bu yurtimiz kelajagi uchun ishlangan g‘oyada davlat tashkiloti xodimlaridan tashqari fuqarolarning o‘zi ham tashabbus ko‘rsatayotgani quvonarli holdir, albatta.

Voronin Vladislav Vitalevich O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Axborot resurs markazi fondigashaxsiy kutubxonasidan 350 nomdagi 364 ta Rossiya davlatida chop etilgan  turli adabiyotlarni beg‘araz sovg‘a qildi.

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lar edikki, Vladislav Voronin uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining (avvalgi Toshkent davlat konservatoriyasi)Opera studiyasida faoliyat olib borgan Petlyakov Leonid Aleksandrovich (1978-1998 yy.) va Petlyakova Galina Ivanovnalarning nabirasidir.

Petlyakov Leonid Aleksandrovich hamda Petlyakova Galina Ivanovnalar uzoq yillar davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Opera studiyasi xor tarkibida kuylashgan.

Ushbu sovg‘a qilingan kitoblar o‘quvchi-talabalar, izlanuvchilar hamda ustoz-murabbiylar uchun qimmatli manba bo‘lib qolishiga ishonamiz.

Share