BOKU SHAHRIDA IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

BOKU SHAHRIDA IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 25 oktabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan Madaniyat markazida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasining professor-o‘qituvchilari – Oydin Abdullayeva va Nurali Erkayevich ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik ijodkorlar ijro etgan asarlarni yig‘ilganlar qiziqish bilan qabul qildilar.

Turli millat vakillari qatnashgan ijodiy uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida Ozarbayjon va O‘zbekiston ijodkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqasini o‘rnatishga kelishib olindi.

Share