“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2019 yil 14 oktabrdagi “Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida insholar tanlovining 2-bosqichi o‘tkazildi.

Insholar tanlovida turli yo‘nalishda ta’lim olayotgan 30 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar.

Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovida:

1-o‘rin 4-kurs talabasi San’at Jumanov;

2-o‘rin 4-kurs talabasi Marjona Tosheva;

3-o‘rin 2-kurs talabasi Durdona Rajabiylarga nasib etdi.

Har uchchala o‘rin sohiblari O‘zbek maqom san’ati fakultetining talabalaridir.

Share