Toshkentda “Sahnada italyan tili” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda “Sahnada italyan tili” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 22 oktabridan 27 oktabriga qadar Toshkentda“Jahonda XIXitalyan tili haftaligi” dasturi doirasida “Sahnada italyan tili” mavzusidagi haftalik o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir uchun Italiyadan dirijor, maestro Daniele Adjimana hamda opera qo‘shiqchisi Sandra Buongratsiolar tashrif buyurishgan. Haftalik doirasida 23-25 oktabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham talabalar va shu sohaga qiziqqanlar uchun dirijor, maestro Daniele Adjiman va opera qo‘shiqchisi Sandra Buongratsiolar ishtirokida “Italyan tili sahnada va operaga kirish” nomli leksiya va master-klasslar o‘tkazildi.

Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Andrea Bertossi ham O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati va mas’ul xodimlariga ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganliklari va yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Mazkur haftalik 27 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Daniele Adjiman dirijorligi va Sandra Buongratsiolar ijrosida Djakomo Puchchinining “Toska” operasi ijrosi bilan yakunlanadi.

Share