Malaka oshirish markazi tinglovchilarining navbatdagi hisobot konserti

Malaka oshirish markazi tinglovchilarining navbatdagi hisobot konserti

Joriy yilning 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi  “Xalq cholg‘ulari ijrochisi” va “An’anaviy cholg‘ular ijrochisi” kasb yo‘nalishlari tinglovchilarining o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

“Xalq cholg‘ulari ijrochisi” kasb yo‘nalishi tinglovchilari chetel va  o‘zbek kompozitorlari ijodiga mansub asarlarni ijro etdilar. Shu bilan bir qatorda “An’anaviy cholg‘ular ijrochisi” kasb yo‘nalish tinglovchilari Shashmaqom, vohalarga xos cholg‘u yo‘llariga mansub musiqiy asarlarni ijro etdilar.

Malaka oshirish kurslari musiqa yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun o‘z ustida ishlash, yangi ko‘nikma va musiqiy bilimlarni hosil qilishda muhim o‘rin tutib, pedagoglar erishgan yutuqlarini kelajakda o‘z ish faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori D. Saipova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov, O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Kadirova, uslubchi G.Kuldasheva, professor R.Qosimov, dotsent M.Akmaljonova, dotsent B.Azimov, professor v.b. B.Mirpayazovlar ishtirok etdilar.

Share