N.S.Yanov-Yanovskayaning “Teoriya interteksta v yeyo proeksii na vostochnuyu muziku” kitobi talabalar nigohida

N.S.Yanov-Yanovskayaning “Teoriya interteksta v yeyo proeksii na vostochnuyu muziku” kitobi talabalar nigohida

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi bugungi kunda yoshlar orasida keng targ‘ib etilib, kitobxonlarning safi tobora kengayayotganligi quvonarli holdir. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Musiqa san’ati” yo‘nalishi magistrlari va Estrada san’ati fakultetining 3-kurs talabalari “Do‘stlik” ordeni sohibasi, San’atshunoslik fanlari doktori, professor,  musiqashunos olima Natalya Solomonovna Yanov-Yanovskayaning “Teoriya interteksta v yeyo proeksii na vostochnuyu muziku” kitobini mutolaa qilib, tahlil qildilar.

Magistratura bo‘limi boshlig‘i M.Abrorova talabalarga musiqashunos olimaning hayot va ijod yo‘li, yaratgan monografiyalari haqida gapirib berdi. Natalya Solomonovna 1967 yildan buyon O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zosidir. Zabardast musiqatarixnavisi, olima, respublikamiz musiqa hayotiva san’atshunoslik fani rivojlanishi jarayonida faollikko‘rsatmoqda.Uning “Muzika uzbekskogo kino i kinomuzika” (O‘zbek kino musiqasi va kinomusiqa), “Uzbekskaya simfonicheskaya muzika” (O‘zbek simfonik musiqasi), “Ikrom Akbarov”, “Mutal Burxonov” kabi kitoblari, zamonaviy professional musiqaning turli mavzu, dolzarb masala va muammolariga bag‘ishlangan 200 dan ortiq maqola, taqriz, ma’ruza matnihamda ilmiy chiqishlari mavjud.

Musiqashunos olimaning navbatdagi “Teoriya interteksta v yeyo proeksii na vostochnuyu muziku” kitobida mavzular nafaqat professional musiqa sohasidagi auditoriya uchun, balki san’at shinavandalari uchun ham tushunarli   qilib yozilgan. Kitobda interteksttushunchasi, uning o‘zbek kompozitorlari asarlaridagi o‘rni va yo‘nalishlari, Sharq musiqasi bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi haqida ma’lumot beriladi.

Mazkur kitob uch bob, kirish va xotima qismlarini o‘z ichiga olib, 123 betdan iborat. Birinchi bob “Intertekst nazariyasiga”, ikkinchi bob “O‘zbek kompozitorlik ijodiyotiga intertekstuallik nuqtai-nazaridan yondoshish”,uchinchi bob “O‘zbek kompozitorlari asarlarida intertekstuallik yo‘nalishlarining xilma-xilligi” deb nomlangan. Olima foydalanish uchun eng zamonaviy adabiyotlarni tavsiya etganligi e’tiborga molik.

Kitobning kirish qismidanoq intertekst tushunchasi yoritib beriladi. Muallifning ta’rifi bo‘yicha, intertekst tushunchasi XX asrning oxirgi uchinchi choragida shakllandi.U turli davrlarda kontekstual munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan  intertekstuallik nazariyasidir. Ya’ni intertekst o‘zida bir qancha janrlarning uyg‘unligini mujassamlashtiradi.Ushbu tushuncha adabiyot, she’riyat, musiqada uchraydi. Musiqa san’atida asarga intertekstual tomondan yondashish uning tarixiy-semantik qirralarini sezilarli darajada kengaytiradi. Ikki xil san’at tizimining,xususan, Sharq monodiyasi va Yevropa ko‘povozliligining o‘zaro uchrashuvi va uyg‘unlashishi intertekstuallikni keltirib chiqaradi. Ushbu kitobda O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotiga intertekstuallik nuqtai-nazaridan qaraladi. M.Burxonov, I.Akbarov, T.Qurbonov, M.Tojiyev,S.Jalil, B.Umidjonov, B.Lutfullayev, M.Mahmudov, M.Bafoyev,  N.G‘iyosovlarning ijodida intertekstuallik masalasi atroflicha yoritiladi. Masalan, M.Burxonov va I.Akbarov ijodida o‘zbek madaniyati va g‘arb madaniyatining intertekstualligi va uning har ikkala madaniyat me’yorida qo‘llanilganligi ko‘riladi. M.Burxonovning “A’capella  xorlari”da milliy an’anaviy musiqaning polifonik kontekstda qo‘llanilishi, I.Akbarovning “Shoir xotirasiga” poemasida sonata shaklini o‘zlashtirish jarayoni batafsil tahlil qilinadi.

Bundan tashqari, o‘zbek kompozitorlarining ijodida intertekstuallikning yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tiladi. Kompozitor ijodining boyligi ko‘p jihatdan intertekstual yo‘nalishlarning xilma-xilligi va kengligi bilan belgilanadi.Ijodkor milliy an’ana ildizlariga nazar solar ekan, u nafaqat adabiyot va she’riyatga, balki tarixga, arxitektura durdonalariga ham murojaat qiladi. Masalan, D.Saydaminovaning “Qadimiy Buxoro devorlari” fortepiano turkumi (“Kalon masjidi”, “Somoniylar poshsholigi”, “IsmoilSomoniy qabri”, “Ajal minorasi” kabilar)aynan  arxitektura durdonalariga tayanib yaratilganligi olima tomonidan e’tirof etiladi.

N.Yanov-Yanovskaya hozirgi kunda ham shu yo‘nalishda ijod etayotganlar  qatoriga zamondosh kompozitorlarimizdanM.Bafoev, M.Mahmudov, N.G‘iyosov, J.Shukurov, D.Yanov-Yanovskiylarni kiritadi.

Qizg‘in va samimiy kechgan kitob mutolaasi bakalavriat va magistratura talabalarida iliq tassurot qoldirdi. O‘ylaymizki, ilmiy adabiyotlarni tahlil etish yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishga, musiqa san’atining o‘ziga xos qirralarini anglashga ko‘mak beradi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Estrada san’ati fakultetining 

3-kurs talabasi Abdurahmonova Noila

 

Share