“MAKTAB – OLIY O‘QUV YURTI” HAMKORLIGI

“MAKTAB – OLIY O‘QUV YURTI” HAMKORLIGI

Joriy yilning 18-19 oktabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasining professori Avaz Mansurov Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 16-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar va ularning ustozlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.

Mansurov uchrashuv davomida kompozitorlik kasbining nozik qirralari haqida qatnashchilarga ma’lumot berish bilan bir qatorda ularni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob berdi.

Shuningdek, ustoz-san’atkor kelajakda kompozitor bo‘lish istagidagi o‘quvchilar bilan “Ustoz saboqlari” mashg‘ulotini ham olib bordi.

Umumta’lim maktablariga biriktirilgan ishchi guruh a’zolaridan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, musiqashunos Aziz Zokirov ham ushbu maktabda musiqiy-nazariy fanlardan “Ustoz saboqlari”mashg‘ulotini o‘tkazib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar maktab sahnasida o‘z ijro mahoratlarini namoyish etib, kuylar chalib, qo‘shiqlar kuylashdi.

Nihoyatda qiziqarli va jonli o‘tgan uchrashuv barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Umumta’lim muassasalari bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Maktab – oliy o‘quv yurti” hamkorligi davom etmoqda.

Share

Tavsiya etilgan