Birlashgan Arab Amirliklarining ta’lim sohasidagi mutaxassislari ishtirokidagi seminar

Birlashgan Arab Amirliklarining ta’lim sohasidagi mutaxassislari ishtirokidagi seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5480-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalar ijrosini ta’minlash uchun joriy yilning 17-19 oktabr kunlari Birlashgan ArabAmirliklarining ta’lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari ishtirokida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida seminar bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan bir qatorta’lim sohasi vakillari seminar-trening o‘tkazishdi. Treninglarda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash, oliy ta’limda innovatsion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini joriy etishmasalalari xususida so‘z bordi.

Seminarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i E.Mamadjanova, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A. Abdugapparov va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i  A.Norbekovlar qatnashdi.

Share