XALQ TA’LIMI RIVOJI YO‘LIDA

XALQ TA’LIMI RIVOJI YO‘LIDA

Ma’lumki, hozirgi kunda jamiyatimizda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasi va nufuzini oshirish, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Islohotlar samardorligini ta’minlash, o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 16-17 oktabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumaniga biriktirilgan  Ishchi guruh a’zolari tumandagi 15 ta maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan ochiq suhbatlar o‘tkazishdi. Ularning bugungi kundagi dolzarb muammolari bilan tanishib chiqishdi.

Share