Tilga e’tibor – elga e’tibor

Tilga e’tibor – elga e’tibor

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati joylarda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 18 oktabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining anjumanlar zalida “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada yurtimizning peshqadam tilshunos, adabiyotshunos olimlari ishtirok etdilar.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Faollar zalida “Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida davlat tilining o‘rni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘zbek tili qadimiy va boy tillardan biri ekanligi, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘ringa egaligi, shuningdek, tilga doir dolzarb muammolar ko‘tarildi.

Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasining professor-o‘qituvchilaridan  S. Nurmatova , S. Hamdamova,  va S. Rahmonovalar  qatnashdilar.

Share