Toshkent shahrida respublika talaba-yoshlar festivali boshlandi

Toshkent shahrida  respublika talaba-yoshlar festivali boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Respublika talaba-yoshlar festivali joriy yilning 18 oktabr kuni tantanali ravishda, ko‘tarinki ruhda start oldi.

Festival talaba-yoshlarning beshta muhim tashabbus doirasida o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari hamda o‘zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlariga, shuningdek, ularning jamiyat ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Quyida talabalar festivali doirasida beshta muhim tashabbus bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar haqidagi fotolavhalar bilan tanishing.

Birinchi tashabbus – “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi, “Talabalar teatr-studiyalari” festivali, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” qo‘shiq va she’rlar festivalidan fotolavhalar:

Ikkinchi tashabbus – Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida milliy kurash musobaqasi, talabalar o‘rtasida yugurish marafoni, talabalar o‘rtasida mini futbol musobaqasidan fotolavhalar:

Uchinchi tashabbus – “Bloggerlar klubi” mahorat darsi, “IT ko‘rgazma” va “Dasturiy ta’minot” bo‘yicha mahorat darslari, “Besh ijobiy tashabbus” bo‘yicha xesh-teg (ijtimoiy tarmoqlar orqali)

To‘rtinchi tashabbus – Annotatsiya mahorat tanlovi, kitobxonlik bo‘yicha “Zakovat” intellektual o‘yinidan fotolavhalar:

Beshinchi tashabbus – Biznes trening “Muvaffaqiyatli ayol”, “Yengil sanoat va liboslar ko‘rgazmasi” va mehnat yarmarkasidan fotolavhalar:

Share

Tavsiya etilgan