YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDAGI TADBIRLAR

YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDAGI TADBIRLAR

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan oliy ta’limi tizimida beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Respublika talaba-yoshlar festivali joriy yilning 17-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining talabalar turarjoylarida ham festival doirasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turarjoyida talabalarning beshta muhim tashabbus doirasida o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kitobxonlik madaniyatini oshirishgaqaratilgan “Kitobxonlik va mutolaa oyligi” e’lon qilingan.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun ham zarur sharoitlar,shuningdek, kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish uchun ham qulayliklar yaratilgan.

Share