BRAYL ALIFBOSIDAGI YANGI QO‘LLANMA

BRAYL ALIFBOSIDAGI YANGI QO‘LLANMA

Ma’lumki, 2010 yilda Brayl yozuvida “Shashmaqom”ning “Mushkilot” bo‘limi nashr qilingan edi. Ilk bora bu ishni amalga oshirilishinihoyatda muhim voqeaga aylangan edi. Chunki, o‘zbek musiqa merosining eng yirik namunasi bilan butun dunyodagi ko‘zi ojiz insonlar yaqindan tanishishlari, uni o‘rganishlari uchunushbu kitob qimmatli manba bo‘ldi. Ana shu kitob muallifi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘qituvchisi Komiljon Saidov yana bir qo‘llanmani taqdim etdi.

Kitob “Brayl tizimida musiqa nazariyasi” deb nomlanib, u Brayl tizimida musiqiy belgilarni o‘rgatuvchi, ko‘zi ojiz musiqachilar bilan ishlovchi o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmasi hisoblanadi.

Unda ko‘zi ojizlar uchun jahon nashriyoti amaliyoti va yurtimizda bu borada erishilgan muvaffaqiyalarga asoslanib zaruriy belgilar zamonga mos holda yangicha yondashishlar bilan kiritilgan.

Qo‘llanma kirish qismi hamda 32 bo‘limdan iborat. Har bir bo‘limda musiqa nazariyasiga oid muayyan mavzu bayon qilingan.

Qo‘llanma ko‘zi ojiz o‘quvchilarga saboqberuvchi o‘qituvchilarga va keng kitobxon o‘quvchilar uchun yaratilgan bo‘lib, undagi nomerlar – paragraf va nota misollar bilan bog‘liq holda bir-biriga muvofiq berilgan. Bu esa ko‘radigan o‘quvchilar va ko‘zi ojiz musiqachilarning o‘zaro muloqoti uchun yengillik yaratadi.

Komiljon Saidovning ushbu sermashaqqat mehnati mahsuli ko‘zi ojiz musiqachilar bilan ishlovchi o‘qituvchilar uchun muhim qo‘llanma ekanligini e’tirof etgan holda, K. Saidovning kelgusi mehnat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share

Tavsiya etilgan