YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLIGA 60 YIL

YUNUS RAJABIY NOMIDAGI MAQOM ANSAMBLIGA 60 YIL

Joriy yilning 15 oktabr kuni A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli faoliyatining 60 yilligi munosabati bilan tantanali kecha bo‘lib o‘tdi.

Kechani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib berdi. Maqom ansamblidagi ko‘p yillik faoliyati, o‘zbek milliy maqom san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun el ardog‘idagi ustoz xonanda va sozandalardanHadya Yusupova, Malika Ziyayeva, Nabijon Ziyoyev, Tohirjon Turg‘unov, Abdurahmon Xoltojiyev, Ahmadjon Dadayev, Komila Bo’riyeva, Gulbahor Erqulova, Nasiba Sattorova, Hurriyat Isroilova, Mahbuba Hasanova, Matluba Dadaboyeva, Abduhoshim Ismoilov, Abdulahat Abdurashidov,  Mahmud Yo‘ldoshev, Mahmudjon Tojiboyev, Hasan Rajabiy, Soyibjon Niyozov, O‘ktam Ahmedov, Beknazar Do‘stmurodov, Ahmadjon Sobirov, Rahmatilla Samadov, Tursunboy Jo’rayev, Ahmadjon Sobirov, Nafisa To’xtayeva, Ozoda Yorova, Qo‘chqor Soitov, Abdulla Umarov, Qudratilla Samadovlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbek milliy maqom san’ati markazining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. Tashakkurnomalarni B. Sayfullaev va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori S. Begmatov topshirdilar.

Tabrik uchun so‘zga chiqqan Tojikiston maqom akademiyasining prezidenti, Tojikiston xalq artisti Abduvali Abdurashidovushbu noyob san’atni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, maqom ansambli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining 60 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan tantanali kecha dasturi barchaga manzur bo‘ldi. O‘zbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar an’analarini o‘rganib, targ‘ib etishda Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share