Bag‘dod tumani Xalq ta’limi bo‘limida maktab ta’limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bag‘dod tumani Xalq ta’limi bo‘limida maktab ta’limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2019 yil 29 avgustdagi 19909-xh-son topshirig‘i (O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o‘tkazilgan 15-sonli majlis bayoni) ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga biriktirilgan Ishchi guruhi a’zolari uchun 2019 yil 15 oktabr kuni Bag‘dod tumani xalq ta’limi bo‘limi majlislar zalida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov va konservatoriya katta o‘qituvchisi Aziz Zokirov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasidagi ishlarni tizimli tashkil etish, islohotlar samaradorligini ta’minlash, o‘qituvchilarni kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llashlarini tashkillashtirish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan mas’ullarning amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishlari bildirildi.

Share