FESTIVAL DOIRASIDAGI TADBIRLAR

FESTIVAL DOIRASIDAGI TADBIRLAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktabrdagi tadbirlarni yuqori sa’viyada tashkil etish bo‘yicha
87-04-2022-sonli xati ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 8-talabalar turarjoyida 5 tamuhim tashabbusga bag‘ishlangan talabalar festivali doirasida tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun jismoniy tarbiya xonalarida muntazam sport tadbirlari, to‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha “Men o‘qigan asar” nomli tadbir muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Unda talaba-yoshlar o‘zlari o‘qigan asar bo‘yicha fikr-mulohazalarini hamda olgan taassurotlarini boshqa talabalar bilan o‘rtoqlashadilar. Ushbu tadbir davra suhbati tarzida o‘tkazilib, 5ta tashabbus doirasida tashkil qilingan va u talaba-yoshlar o‘rtasida o‘z o‘rnini topishga ulgurdi.

Share

Tavsiya etilgan