KONSERVATORIYA AXBOROT RESURS MARKAZI XUSUSIDA

KONSERVATORIYA AXBOROT RESURS MARKAZI XUSUSIDA

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Albatta, buning uchun kitobsevarlarga muayyan shart-sharoitlar va qulayliklarni yaratish lozim. Jumladan, kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni kitob va adabiyotlar bilan boyitish muhim ishlar sirasiga kiradi.

Respublika oliy ta’lim muassasalari Axborot resurs markazlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlar va magistratura mutaxassisliklarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 589-sonli buyrug‘i bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Axborot resurs markazida qator ishlar amalga oshirildi. Konservatoriya rahbariyati tomonidan Axborot resurs markazi moddiy texnik bazasiga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, ARM o‘quv zallari xonalari yangi ta’mirdan chiqarildi, yorug‘lik va shinamlik masalalari ham talab darajasida bo‘lishiga erishildi. Kerakli mebel va jihozlar ham yetarli miqdorda. Talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun qo‘shimcha o‘quv zali, shuningdek, olim va tadqiqotchilar uchun ham alohida o‘quv zali tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor B.S.Sayfullayev va ko‘pgina professor-o‘qituvchilar o‘z shaxsiy kutubxonalaridan musiqiy yo‘nalish bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari hamda nota asarlarini beg‘araz tarzda ARM fondiga topshirdilar. Shu bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan olingan adabiyotlar ham ARM fondining boyishi uchun xizmat qildi.

Share