“YAXSHILIK ALBATTA QAYTADI” AKSIYASI DOIRASIDAGI TADBIR

“YAXSHILIK ALBATTA QAYTADI” AKSIYASI DOIRASIDAGI TADBIR

Bugun, 12 oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar va nogironligi bo‘lgan yoshlarni iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, ularning madaniy xordiq olishlariga sharoit yaratish, shuningdek, jamiyatda aholining muhtoj qatlamiga yaxshilik qilishni targ‘ib etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yaxshilik albatta qaytadi” aksiyasi doirasida Toshkent shahridagi nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlar va yordamchi maktablarning uch yuz nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlari uchun “Mehrli sozlar” shiori ostida kichik konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert dasturida konservatoriyaning talabalari hamda konservatoriyada tahsil olayotgan xalqaro konkurs laureatlari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlarini ijro etdilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yichailgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbiro‘quvchi-yoshlarni birdamlikka, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishlikka, ularning yaxshi va ezgu ishlarga bo‘lgan intilishlarini oshiradi, deb ishonamiz.

Share