O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA PROFILAKTIK TADBIR

O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIDA  PROFILAKTIK TADBIR

Kecha, 11 oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №87-02-2182-sonli  xati ijrosi bo‘yicha “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida profilaktik  tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitasining axborot-tahliliy bo‘limi 1-toifali mutaxassisiNodir Shomirzaev bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari avvalambor yurtimizdagi tinchlik ortidan bo‘layotganligi va bu tinchlikni saqlashda har birimiz mas’ul ekanligimizni ta’kidladi. Xalqaro terrorizm va dunyodagi qora kuchlar va ayniqsa, bugun o‘zlarini islom himoyachilari deb dunyoga jar solayotgan, aslida esa islomga yot g‘oyalarni amalga oshirayotgan IShID kabi terroristik tashkilotlarning dunyo davlatlari suverenitetiga raxna solayotgani haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdilar.

Share