“5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA” TURKUMIDAN

“5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA” TURKUMIDAN

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi va talabalari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 4 oktabr kuni “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri Chinora Ergasheva boshchiligida bir guruh talabalar Toshkent shahridagi 128-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni musiqa, jumladan, o‘zbek maqom san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni musiqaga yanada ko‘proq oshno etish bo‘ldi. “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi talabalaridan Muslima Yoqubova, Mohizoda Ashurova, Mushtariy O‘tbosarova va Nozima Sotvolievalar tadbir rejasini tuzdilar. Shuningdek, ushbu tadbirda “Maqom xonandaligi” kafedrasidan Odina Abdullaeva, Guljahon Adashbaeva, Rustam Mirminov, Boboqul Orziev; “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi talabalaridan Murod Aliev, Otabek Abdusattorov, Odiljon Abdulahadov, Muhiddin To‘raqulov, Shamshod Isaev, Dilshod Fozilovlar qatnashib, ular tomonidan tuzilgan ansambl jo‘rligidagi chiqishlar o‘quvchilarga manzur bo‘ldi.Kelgusida ham milliy musiqamizni xalqimiz, ayniqsa o‘quvchi yoshlar qalbiga joylashda “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi talabalaridan Muslima Yoqubova, Mohizoda Ashurova, Mushtariy O‘tbosarova va Nozima Sotvolievalarning o‘zlari tuzgan tadbir rejasi asosida o‘zbek maqom san’ati tarixi va hozirgi kundagi ahamiyati haqidagi ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, “Maqom xonandaligi” kafedrasidan Odina Abdullaeva, Guljahon Adashbaeva, Rustam Mirminov, Boboqul Orziev; “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi talabalaridan Murod Aliev, Otabek Abdusattorov, Odiljon Abdulahadov, Muhiddin To‘raqulov, Shamshod Isaev, Dilshod Fozilovlar ham ushbu tadbirda ishtirok etib, milliy va an’anaviy kuylar ijro etdilar. Tadbir o‘quvchilarda katta taasurot qoldirdi.

Kelgusida ham milliy musiqamizni xalqimiz, ayniqsa o‘quvchi yoshlar qalbiga joylashda “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Share