“UZBEKISTAN RESEARCH ONLINE” RAQAMLI PLATFORMASINING RASMIY OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

“UZBEKISTAN RESEARCH ONLINE” RAQAMLI PLATFORMASINING RASMIY OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Joriyyilning 7 oktabr kuni Toshkent shahridagi Vebster universitetining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda

“Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida tuzilgan bitimga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ilmiy jurnallari retsenziyadan o‘tkaziluvchi raqamli platforma – Uzbekistan Research Onlinening  rasmiy ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu raqamli platforma oliy o‘quv yurtlarining xalqaro reytingida o‘zbek ilm-fanining dunyo miqyosida tanilishiga imkon beradi.

Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha regional direktori Aliya Ospanovaning ta’kidlashicha, “bu O‘zbekiston ilm-fanini internatsionallashtirish uchun strategik qadamdir. O‘zbekiston olimlarining tadqiqotlarini dunyoga tanitish hamda mahalliy nashrlarning raqobatbardoshligini oshirish va taqrizni keng joriy qilishga imkon beradi”.

Bepress Elsevier Prezidenti Jan-Gabriel Bankier:www.uzjournals.edu.uz platformasining ishga tushishi bilan o‘zbek olimlarining ilmiy ishlari dunyoning yigirmadan ortiq davlatlarida to‘rt yuz martaga yaqin yuklab olindi. Bu boshlanishi, xolos, deya qayd etdi.

Respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Science Direct kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritishda, kontentlarni portalga yuklashda va jurnal konfiguratsiyasini to‘liq to‘ldirish kabi vazifalarni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida chop etilayotgan Eurasian Music Science Journal (“Musiqa” jurnali) to‘liq bajargan.

A.Ospanova “Musiqa” jurnali xususida quyidagi fiklarni aytib o‘tdi: “O‘zbekiston davlat konservatoriyasida chop etilayotgan jurnal birinchi galda hozirgi kunda platformada o‘ziga xosligi bilan ajralib turishini ta’kidlash lozim. Shuningdek,Uzbekistan Research Online platformasining tantanali ochilishmarosimida eng yaxshi kontent taqdim etayotgan, chiroyli namoyish qilingan hamda barcha standart va texnik talablarga mos keladigan jurnallardan biri sifatida qayd etib o‘tildi”.

Aytib o‘tish kerakki, bu O‘zbekistondagi ilmiy jurnallarning SCOPUSxalqaro ilmiy-texnik informatsiyalar bazasiga kirishidagi ilk qadamlardandir.

Share